«Tangem» G‘azodagi bolalar uchun 50 million von xayriya qildi
Janubiy koreyalik aktrisa, o‘zbek tomoshabinlariga «Saroy javohiri» serialida «Tangem» obrazi bilan tanish bo‘lgan Li Yong E Yaqin Sharq mojarosida jabrlangan bolalarni qo‘llab-quvvatlash uchun 50 million von (taxminan 38,4 ming AQSh dollari) xayriya qildi. Bu haqda Koreya Qizil xoch tashkiloti xabar bermoqda.
Yong E tomonidan qilingan xayriya pullar jabrlangan hududlardagi bolalarga tibbiy yordam va Xalqaro Qizil Xoch harakati orqali insonparvarlik yordami yetkazib berish kabi ishlarga sarflanadi.
«BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi (UNOCHA) bergan ma’lumotga ko‘ra, 20 noyabr holatiga G‘azo sektorida halok bo‘lgan 11 078 kishining 4 506 nafari bolalardir. Infratuzilmaning buzilishi va insonparvarlik yordamiga cheklovlar tufayli qurbonlar soni ortmoqda», – deyiladi Koreya Qizil xoch tashkiloti xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter