Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘da «prezidentlik saylovi» o‘tkazildi
Tog‘li Qorabog‘ milliy assambleyasi (parlamenti) Samvel Shahramanyanni tan olinmagan respublikaning yangi prezidenti etib sayladi. Unga parlamentdagi 23 deputatdan 22 nafari ovoz berdi.
Moldova, Turkiya va Ukraina Tog‘li Qorabog‘da bo‘lib o‘tgan «prezidentlik saylovini» tan olmasliklarini ma’lum qilishdi.
Shuningdek, Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Tog‘li Qorabog‘dagi prezidentlik saylovini «Ozarbayjon Respublikasining konstitutsiyasi va qonunlari, xalqaro huquq normalari va tamoyillarini qo‘pol ravishda buzish» deb atagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter