«Talonchi ichimizdan chiqdi». Zoyir Mirzayev Mahalla boshqarmasining 2 nafar xodimi sirini fosh qildi
Bugun viloyat hokimi Zoyir Mirzayev mas’ullar ishtirokida «Obod qishloq», «Obod mahalla» va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini tanqidiy muhokama qilgan.
«Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasidan ijtimoiy himoyaga muhtoj va bemorlarga, shuningdek, OTMda tahsil olayotgan kam ta’minlangan oilalarning farzandlariga shartnoma pullarini to‘ladik. Ammo talonchi ichimizdan chiqdi. Mahalla boshqarmasining 2 nafar xodimi kam ta’minlangan oilalarning nomiga pul yozdirib, o‘zlashtirgan. Surishtiruvlar tugasin hali boshqa odamlar ham chiqib keladi ortidan. Hali mahallalar raislari murojaat qilmagan fuqarolarga hujjat rasmiylashtirganini qanday oqlaydi? Davlatni xalqqa yomonotliq qilib ko‘rsatadigan mas’ullar to‘liq qonun oldida javob beradi. Vijdonli rahbarlar ko‘p, vijdonsizlari ham kam emas», – dedi Zoyir Mirzayev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter