Ta’lim sohasidagi ba’zi xodimlar maoshi oshirilmoqda
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining oliy ma’lumotli pedagog xodimlarining maoshi oshiriladi. Bu haqda vazirlik ma’lum qilgan.
2023-yil 1-iyundan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish bo‘yicha belgilangan tartib maktabgacha ta’lim tashkilotlari va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari uchun ham tatbiq etiladi;
2024-yil 1-yanvardan boshlab markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati xodimlarining bazaviy tarif stavka miqdorlari 1,5 baravarga oshiriladi;
2024-yil 1-iyundan boshlab davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining oliy ma’lumotli pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining tegishli pedagog xodimlari bazaviy tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga tenglashtiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter