Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Talabalik zavqi oldidan. Mendeleyev nomidagi universitet filialiga kirish imtihoni boshlandi (foto)

Talabalik zavqi oldidan. Mendeleyev nomidagi universitet filialiga kirish imtihoni boshlandi (foto)

Foto: «Xabar.uz»

D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiyalari universitetining Toshkent shahridagi filialiga kirish imtihonlari 24-29 avgust kunlari bo‘lib o‘tishi ma’lum qilingan edi. Bugun, erta tongdan abituriyentlar imtihon o‘tkaziladigan talabalar shaharchasida jamlana boshladi. «Xabar.uz» ushbu jarayondan fotogalereya tayyorladi.

«O‘zkimyosanoat» AJ xodimlari kirish sinovlarini tashkil etish va o‘tkazishda yordam bermoqda. Ta’kidlash joiz, jarayon a’lo darajada tashkil etilgan.

Imtihonlar sanitariya-gigiyena qoidalari va ijtimoiy masofaga rioya qilingan holda ochiq havoda o‘tkazilmoqda. Talabalar shaharchasiga kirishdan oldin har bir abituriyentning harorati tekshirildi. Ayrim sabablarga ko‘ra kirish imtihonlarida qatnasha olmagan abituriyentlar tasdiqlovchi hujjatni taqdim etgan holda zaxira kuni o‘tkazib yuborilgan imtihonni topshirishlari mumkin.

Abituriyentlar bir martalik tibbiy niqob, qo‘lqop, kepka, ruchka, suv va bir martalik stakanlar bilan ta’minlanmoqda. Kimyo fani bo‘yicha imtihonda D.I.Mendeleyevning davriy jadvali va kalkulyator tarqatildi.

Imtihonlarni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi texnik ko‘magida o‘tkazildi. Shuningdek, vazirlik imtihonlarning onlayn translatsiyasini tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring