Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Talabalarga qulaylik: Endi o‘qish joyidan bir zumda ma’lumotnoma olish mumkin

Talabalarga qulaylik: Endi o‘qish joyidan bir zumda ma’lumotnoma olish mumkin

Foto: YIDXP

Ishga joylashish, mudofaa ishlari Bo‘limiga murojaat qilish yoki bankdan ma’lum xizmatlarni olishda va boshqa hollarda ariza beruvchi o‘qish joyidan ma’lumotnoma taqdim etishi lozim. Odatda, u ta’lim muassasasida beriladi. Biroq, bugungi kunda ushbu ma’lumotnomani internet ko‘lamida YIDXP (My.gov.uz) orqali olish mumkin, bu esa talabaning ushbu xizmatni olishda eskirgan usuldan foydalanishga vaqt sarflamasdan uni o‘qish yoki o‘z-o‘zini rivojlantirishga e’tiborini qaratishiga sharoit yaratadi.

«O‘qish joyidan ma’lumotnoma olish» xizmati avtomatlashtirilgan bo‘lib, hujjatni shaxsiy kabinetda xujjatlar repozitoriysida saqlash va chop etish imkoniyati bilan darhol taqdim etiladi.

Xizmatdan qanday foydalanish mumkin?

Xizmatni topish juda oson, saytdagi qidiruv maydoniga «o‘qish, ma’lumotnoma, ta’lim» kalit so‘zlarni yozish orqali yoki Ta’lim toifasiga o‘tish kifoya. Natijada talaba to‘g‘risida ta’lim muassasasi, nomi, ta’lim turi va qabul qilingan yilga qadar batafsil ma’lumot elektron hujjat shaklda beriladi.

Ma’lumotnomani olishda ta’lim muassasasiga bevosita murojaat qilishni va uni berishda navbatda kutishni istisno etish yo‘li bilan yengillashtirish maqsadida joriy etildi.

Ta’kidlash joizki, YIDXP orqali olingan hujjatlar qonuniy va davlat organlariga YaIDXPda shakllantirilgan hujjatlarni qabul qilishni rad etish qat’iyan man etiladi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring