Talabalar stipendiyasi nega kechikmoqda? Vazirlik izoh berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida talabalarga stipendiya berilmayotganligi to‘g‘risidagi xabar tarqatildi.
Mazkur holat Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘rganib chiqilgan.
«Ma’lumki, 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab talabalarga to‘lovlarni amalga oshirishda qulaylik yaratish, aholining keng qatlami uchun oliy ta’limning hammabopligini ta’minlash maqsadida to‘lov-kontrakt qiymati miqdorlari ikki xil ko‘rinishda – stipendiyali va stipendiyasiz etib belgilandi.
Universitetda to‘lov-shartnoma asosida o‘qiydigan talabalarga stipendiya tayinlash va berishdagi kechikishlar o‘z navbatida talabalar tomonidan to‘lovlarni turli miqdorda va vaqtda amalga oshirilishi bilan bog‘liq.
Hozirda barcha tashkiliy masalalar yakuniga yetkazildi va to‘lov-shartnoma asosida o‘qiydigan talabalarning plastik kartalariga stipendiya o‘tkazib berilgan. Stipendiyaning naqd pul qismi esa, 18 noyabr – dushanba kunidan tarqatilishi ma’lum qilindi» deyiladi vazirlik munosabatida.
Telegramdagi «Achchiq choy» kanalida yozilishicha, «O‘zDJTU, O‘zMU, Toshkent moliya instituti. GulDU, Jahon tillari universiteti, Buxoro, Urganch davlat universitetlari, Irrigatsiya, Agrar universitetlarda ham to‘lov-shartnoma asosida o‘qiydigan talabalarga ham haligacha stipendiya berilmagan».
Ammo yuqoridagi OTMlar bo‘yicha vazirlik hozircha izoh bergani yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter