Tailand sohillarida chekish taqiqlandi
Tailand qirolligining dengiz va sohil resurslari departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, qirollikning 15 ta viloyatidagi 24 plyajda chekish taqiqlandi. Ular qatoridan Pxuket orolidagi mashhur dam olish joylari, Patayya, Xuaxindagi kurort shaharlar o‘rin olgan.
Unga bo‘ysunmaganlar 100 ming bat barobargacha jarimaga tortilishi (3 ming dollardan ortiq), shuningdek, 1 yil ozodlikdan mahrum etilishi ham mumkin. Plyajga kirish uchun chekuvchilar endilikda tamaki mahsulotlaridan voz kechishlari kerak bo‘ladi.
Plyajlarda ogohlantiruvchi yozuvlar taqiq qo‘yilishidan bir necha oy avval o‘rnatilgan. Bu yerlarda chekish uchun alohida joylar ham bor bo‘lib, ular shishali pavilonlardan iborat. Masalan, birgina Pxuket orolining Matong plyajida oltita ana shunday kabinalar mavjud.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter