Tadqiqot: pensiyaga erta chiqish — umrni uzaytiradi
Pensiyaga erta chiqish umrni uzaytiradi — «Regnum» yozishicha, Amsterdam universiteti olimlari bunga o‘z tadqiqotlari davomida amin bo‘lishdi.
Tadqiqotga ko‘ra, pensiyaga erta chiqqan niderlandiyalik 54 yoshdan katta davlat xizmatchilari o‘rtasida oxirgi besh yilda ishlashda davom etayotganlarga nistaban o‘lim holati 42 foiz kam kuzatilgan.
Olimlarning fikricha, buning ikki asosiy sababi bor:
Birinchidan, pensiyaga chiqish sizga erkinlik berib, o‘z salomatligingiz haqida ko‘proq qayg‘urish imkonini beradi. Ko‘proq uxlaysiz, sport bilan shug‘ullanishingiz mumkin, tobingiz qochsa vaqtida shifokorga borasiz.
Ikkinchidan, pensiyaga chiqish sizni ishingiz bilan bog‘liq og‘ir bosimdan qutqaradi. Katta yoshli ishlovchilarda, masalan, qon bosimi ko‘tarilib ketishi xavfi shundan.
Golland olimlari ishlashni erta to‘xtatganlar o‘rtasida insult yoki yurak-qon tomir kasalliklari tufayli o‘lim holatlari anchayin kamayganini ham qayd etishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter