Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tadbirkorning uyi oldida «Captiva» va «Ford» mashinalari yoqib yuborildi

Tadbirkorning uyi oldida «Captiva» va «Ford» mashinalari yoqib yuborildi

Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti

2020-yilning 12-mart kunidan 13-mart kuniga o‘tar kechasi 22 yoshli I.J. o‘zining 21 yoshli tanishi Z.J. bilan oldindan o‘zaro jinoiy til biriktirib, Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani «Bo‘lakiyon» mahallasida yashovchi 61 yoshli G‘.T.dan o‘ch olishni maqsad qiladi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, bunga kir yuvish kukuni savdosi masalasida oldindan yuzaga kelgan o‘zaro kelishmovchilik sabab bo‘lgan.

Alamzadalar G‘.T.ga tegishli bo‘lgan uning yashash hovlisi oldida turgan «Captiva» va «Ford Tranzit» rusumli avtomashinalari ustiga benzin sepib o‘t qo‘yib yuboradi, unga ko‘p miqdorda moddiy zarar yetkazib, hodisa sodir bo‘lgan joyidan yashirinishadi.

Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti

Holat yuzasidan G‘ijduvon tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan J.I. va J.Z.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 173-moddasi 2-qismi «b,v» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring