Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tadbirkorlar hisobidan noqonuniy pul yechib olganlar qamaladi

Tadbirkorlar hisobidan noqonuniy pul yechib olganlar qamaladi

Foto: «Xabar.uz»

Senat tadbirkorlik sub’yektlarining bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini ularning roziligisiz qonunga xilof ravishda o‘tkazganlik yoki olib qo‘yganlik yoxud ortiqcha undirilgan mablag‘larni o‘z vaqtida qaytarmaganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari belgilashni ko‘zda tutuvchi qonunni ma’qulladi.

Xususan, qonunda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha modda kiritilib, bank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘larini tadbirkorlik sub’yektlarining roziligisiz qonunga xilof ravishda o‘tkazish yoki olib qo‘yish yoxud ortiqcha undirilgan pulni o‘z vaqtida qaytarmaslik holati bo‘yicha aybdorga BHMning 20 baravaridan 40 baravarigacha (6,6 mlndan do 13,2 mln so‘mgacha) miqdorda jarima solinishi qayd etilmoqda.

Shuningdek, qonun bilan tadbirkorlarning pul mablag‘larini qonunga xilof ravishda o‘tkazish yoki olib qo‘yish yoxud ularni o‘z vaqtida qaytarmaslik yuzasidan Jinoyat kodeksiga qo‘shimcha modda kiritilib, unga ko‘ra mazkur holatlar ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin ham sodir etiladigan bo‘lsa, sodir etilgan jinoyatning toifasiga qarab BHMning 200 baravaridan 600 baravarigacha jarima yoki 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring