Ekologiyaga ta’siri bo‘lgan qonun hujjatlari har 5 yilda monitoringdan o‘tkaziladi

Adliya vazirligi ro‘yxatdan o‘tkazgan «Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini monitoringdan o‘tkazish uslubiyoti» normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini monitoringdan o‘tkazish jarayonlarini uslubiy jihatdan tartibga solinishini belgilaydi.
Belgilanishicha, tadbirkorlik faoliyatiga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga hamda atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi qonun hujjatlarining ijrosi ular kuchga kirgandan so‘ng 5 yil davomida, qonunosti hujjatlarining ijrosi esa ular kuchga kirgandan so‘ng 3 yil davomida majburiy ravishda har yili monitoringdan o‘tkaziladi.
Monitoring normativ-huquqiy hujjatda uning monitoringi o‘tkazilishiga bevosita mas’ul etib belgilangan davlat organi tomonidan, mas’ul organ belgilanmagan hollarda tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshiruvchi vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.
Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish maqsadlariga erishilishini tahlil qilish, uning ijrosi va natijalarini muntazam hamda tizimli ravishda kuzatib borish monitoring qilishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Normativ-huquqiy hujjatlar samaradorligini baholash uchun indikatorlar quyidagi toifalarga bo‘linadi:
- resurs ko‘rsatkichlari ;
- amaliyot ko‘rsatkichlari ;
- natijadorlik ko‘rsatkichlari.
Vazirlik va idoralar har yili 1-fevralgacha o‘tkazilgan monitoring natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni majburiy ravishda o‘zlarining rasmiy veb-saytida e’lon qiladi hamda tegishliligiga qarab «Ijro.gov.uz» va Adliya vazirligiga taqdim etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter