Tadbirkordan 15 000 dollar talab qilgan firibgar fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro T.S. «B.M.» MChJ rahbari F.ning ishonchiga kirib, Yangihayot tumanidan 2,5 sotixli uy-joyni ofis uchun olib berishni va’da qilib, evaziga uning 15 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborganligi aniqlangan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining rasmiy Telegram-kanalida ma’lum qilingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter