2020-yilda tabiiy gazga global talab keskin kamayadi — Xalqaro energetika agentligi

Xalqaro energetika agentligi 2020-yilda tabiiy gazga bo‘lgan global talab keskin pasayishi mumkinligini ma’lum qildi.
«2020-yilda global tabiiy gaz bozori o‘z tarixidagi eng yirik shok holatiga tushishi — mahsulotga talab keskin pasayib ketishi kutilyapti... Koronavirus pandemiyasi shundoq ham zaiflashib qolgan bozorni izdan chiqarmoqda. Tabiiy gazga xalqaro talab yillik hisobda 150 mlrd. kub metrga yoki 4 foizga qisqarib ketadi», — deyiladi agentlik hisobotida.
Agentlik tabiiy gazga talab keskin pasayishi oxirgi marta 2009-yilda yuz berganini eslatib o‘tdi — o‘shanda 2 foizlik pasayish kuzatilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda tabiiy gazga ehtiyoj xalqaro bozorda 1,8 foizga yoki 70 mlrd. kub metrga oshgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter