Fuqaro nomiga yozilgan 3,5 million so‘mlik qarzdorlik bekor qilindi

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani Namozgoh MFY Gulzor ko‘chasi 23-uyda yashovchi fuqaro Shuhratbek Abdullev O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining «Ishonch telefoni»ga murojaat qildi. Unga ko‘ra iste’molchining xonadoniga «Tuman gaz ta’minoti» tomonidan 5 million 800 ming so‘m tabiiy gazdan qarzdorlik qayd qilingan.
Mazkur murojaat Pastdarg‘om tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan belgilangan tartibda o‘rganib chiqilib, iste’molchining qarzdorligi aslida 1 million 380 ming so‘m ekanligi aniqlandi. Bu haqda Iste’molchilar huquqlarini ximoya qilish federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas