Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»: «Ishchi guruh» a’zolari tomonidan Ustyurt regionida geologiya-qidiruv, burg‘ilash va tabiiy gaz qazib chiqarish ishlari holati o‘rganilmoqda

«O‘zbekneftgaz»: «Ishchi guruh» a’zolari tomonidan Ustyurt regionida geologiya-qidiruv, burg‘ilash va tabiiy gaz qazib chiqarish ishlari holati o‘rganilmoqda

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi «Ishchi guruh» a’zolari Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli yangi maydonlarda uglevodorodlar zaxirasini oshirish, konlarda tabiiy gaz qazib chiqarish hajmini oshirish va texnologik ob’yektlarni qurilishi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holatini o‘rganmoqda.

Dastlab, «Tillali» va «Sayxun» konlarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi. «Tillali» konidagi konservatsiyadan qaytarish bo‘yicha ta’mirlash ishlari yakunlangan 3-sonli quduqni o‘zlashtirish ishlari o‘rganildi.

«Tillali» va «Sayxun» konlarida rejalashtirilgan yana 7 ta quduqlarni konservatsiyadan qaytarish tadbirlarini olib borish va ulardan gaz qazib olinadigan tabiiy gazni «Beskala» gazni dastlabki tayyorlash qurilmasiga uzatish uchun 17 km uzunlikdagi gaz quvurini loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarini boshlash bo‘yicha Ustyurt boshqarmasi rahbariyati hamda tegishli departament boshliqlariga ko‘rsatmalar berildi.

Ustyurt regionida uglevodorodlar zaxirasini o‘stirish Dasturi doirasida olib borilayotgan burg‘ilash ishlarini nazorat qilish maqsadida, «Jagiz» maydonidagi 1-sonli, «Boylik» maydonidagi 1-sonli, «G‘arbiy Quyi Surgil» konidagi 3-, 4- sonli va «Quyi Surgil» konidagi 10-sonli izlov qidiruv quduqlarini burg‘ilash jarayonlari ko‘rib chiqildi.

O‘rganish jarayonlarida ushbu quduqlarda zaxiralarni o‘stirish borasidagi ishlarni jadallashtirish bo‘yicha tegishli mutaxassislarga vazifalar belgilab berildi.

«Quyi Surgil» konidagi 16-sonli quduqda, quduq tubini chuqurlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan murakkab ta’mirlash ishlari joyidan o‘rganildi. Shundan so‘ng, «Quyi Surgil» konidagi 24-, 25 va 26-sonli ishlatish quduqlarini burg‘ilash ishlari bilan tanishib chiqildi.

Bundan tashqari boshqaruv raisi burg‘ilash ishlarida faoliyat olib borayotgan ishchi-xodimlar bilan suhbat qilib, ular uchun barcha sharoitlar borasida suhbatlashdi. Ustyurt regionida noqulay ob-havo sharoitida mehnat qilayotganliklari, tabiiy gaz qazib chiqarilishidagi mashaqqatli mehnatlari uchun ularga minnatdorchilik bildirib, ular uchun yanada ko‘proq qulayliklar yaratilishi borasida fikr almashildi.

Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasi mutaxassislari tomonidan kuz-qish mavsumida aholining tabiiy va suyultirilgan gazga hamda yoqilg‘i moylash mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish, mavsumni betalofat o‘tkazish maqsadida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilgani bo‘yicha hisobot berildi.

Xususan, boshqarmada 6 ta texnologik qurilmalar, 2 ta qozonxonalar, 15 ta qozonlar, 71 ta sig‘imlar, 4500 metr elektr tarmoqlari, 12 ta transformator podstansiyalari, 6 ta dizel elektr stansiyalarining ishchi holati, 10 ta uzluksiz elektr ta’minoti manbalarini (UPS) ishchi holati, 11 ta zahirani avtomatik ulash qurilmalarini (AVR) ishchi holati va 2 ta gaz taqsimlash punktlari (GTP) tekshirilib, mavsumni betalofat o‘tkazish uchun choralari ko‘rilgan.

Konlar va quduqlardagi o‘rganishlardan so‘ng, Ustyurt boshqarmasi rahbariyati, departament boshliqlari va boshqarma mutaxassislari ishtirokida sayyor yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda 2022-2023 yil kuz-qish mavsumida aholi va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyoji uchun rejalashtirilgan hajmdagi tabiiy gaz va uglevodorodlarni yetkazib berish uchun geologo-texnik tadbirlar ijrosi ko‘rib chiqildi.

Tadbirlar doirasida quduqlarni burg‘ilash, kapital ta’mirlash ishlari va texnologik ob’yektlarni ishga tushirishni jadallashtirish bo‘yicha pudratchi tashkilotlar bilan mavjud muammoli masalalar muhokama qilinib boshqarma hamda tegishli departament boshliqlariga topshiriqlar berildi.

Yig‘ilish yakunida «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev Ustyurt regionida olib borilayotgan ishlarni jadallashtirish va 2022 yil yakuni bilan belgilangan reja ko‘rsatkichlarini bajarish hamda ustuvor vazifalar bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berdi.

Boshqaruv raisi boshchiligidagi «Ishchi guruh» a’zolari tomonidan Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli konlar va quduqlarda tabiiy gaz qazib chiqarilishini o‘rganish ishlari davom etadi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring