Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tabassum». Gender stereotiplariga qarshi kurash bo‘yicha loyiha ishga tushdi

«Tabassum». Gender stereotiplariga qarshi kurash bo‘yicha loyiha ishga tushdi

29-oktyabr kuni Toshkentda Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan «Tabassum: O‘zbekistonda gender tengligini targ‘ib qilish va yosh xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash uchun media ko‘nikmalar» loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

YeI delegatsiyasi xabariga ko‘ra, loyiha jurnalistlar, blogerlar, yoshlar va ayollar hamda nodavlat tashkilotlarning gender haqida konstruktiv axborot tayyorlash, genderga oid dezinformatsiyaga qarshi kurash va media tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha tajriba, amaliy ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan.

Loyiha doirasida ayollar va yoshlar bilan ishlaydigan nodavlat tashkilotlar 4000 yevrogacha grant oladi. Bu orqali o‘zbek mediasida yoshlar hamda ayollarga taalluqli mavzularni to‘g‘ri yoritish ko‘zda tutilgan.

500 ming yevrolik loyihani Germaniya federal iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish vazirligi (BMZ) ham qo‘llab-quvvatlagan.

Dastur DW Akademie hamda Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi hamkorligida 2024-2026 yillar davomida amalga oshiriladi.

«Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston ayollari bilan birgalikda ularning huquqlari va imkoniyatlari erkaklar bilan teng bo‘lishiga intilishlarini qo‘llab-quvvatlaydi. O‘zbekistondagi nodavlat tashkilotlarning imkoniyatlarini mustahkamlash va ularning muhim ijtimoiy masalalarni keng auditoriyaga yetkazish qobiliyatini oshirish bu yo‘nalishda muhim qadamdir. Umid qilamizki, ushbu loyiha nafaqat muhim mavzularni yoritishda, balki ijtimoiy muammolarni hal qilishda ham faol ishtirok etadigan jamoatchilikni qo‘llab-quvvatlashga hissa qo‘shadi», – deydi YeIning yurtimizdagi elchisi Toyvo Klaar.

Ta’kidlanishicha, yangi loyiha mamlakatda ayollar huquqlarini himoya qilish va gender zo‘ravonligini bartaraf qilish yo‘lidagi to‘siqlardan biri hisoblangan gender stereotiplariga qarshi kurashga qaratilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring