Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Svet» yongan tuman va shaharlar ro‘yxati berildi

«Svet» yongan tuman va shaharlar ro‘yxati berildi

Foto: «Xabar.uz»

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ matbuot xizmati respublika bo‘ylab elektr energiyasi tiklangan hududlar ro‘yxatini berdi.

Kun.uz xabariga ko‘ra, ayni vaqtda elektr energiyasi to‘liq tiklangan hudud sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati qayd etilgan.

Bugun, soat 19:00 holatiga, O‘zbekistonning quyidagi hududlarida elektr ta’minoti tiklangan:

Andijon viloyati: Andijon va Xonobod shaharlari;

Buxoro viloyati: Peshku, Qorovulbozor, Qorako‘l tumanlari to‘liq, Romitan, Olot, Vobkent tumanlari qisman;

Sirdaryo viloyati: Guliston va Yangiyer shaharlari to‘liq, Guliston tuman to‘liq, Sayhunobod tumani qisman;

Toshkent viloyati: Angren, Bo‘stonliq, Toshkent, Qibray, Ohangaron, Parkent tumanlari;

Farg‘ona viloyati: Farg‘ona shahar va Farg‘ona tumani qisman, Shohimardon qisman;

Toshkent shahri: Bektemir, Mirobod, Yunusobod, Yashnobod, Mirzo Ulug‘bek tumanlari va Olmazor, Yakkasaroy, Uchtepa tumanlarining ayrim qismlari.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari bo‘yicha vaziyat haqida keyinroq ma’lumot berilishini bildirdi.

Kompaniyadan ma’lum qilishlaricha, birinchi navbatda shifoxonalarga elektr uzatish choralari ko‘rilmoqda.

«Jamiyat faqat tizimga elektr energiyasi yetkazib berilgandagina uni iste’molchilarga uzata oladi», – deya tushuntirish bergan AJ matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent issiqlik elektr stansiyasining 7 ta energoblokidan 5 tasi barqaror faoliyat yuritishni boshlagani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring