Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Svart» — Norvegiyada quriladigan dunyodagi ilk energiya tejovchi halqasimon mehmonxona

«Svart» — Norvegiyada quriladigan dunyodagi ilk energiya tejovchi halqasimon mehmonxona

Foto: «Hi-tech.mail.ru»

Norvegiyaning «Snøhetta» arxitektura firmasi Svartisen muzligi yaqinida joylashgan ko‘lda halqa shaklida mehmonxona qurishini ma’lum qildi, deb xabar berdi «Hi-tech.mail.ru».

Arxitektorlarning ta’kidlashicha, bino mahalliy hududning yovvoyi tabiatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi va «Powerhouse» standarti asosida bunyod etilgan dunyodagi birinchi mehmonxonaga aylanadi. Unga faqatgina 120 kilometr uzoqlikdagi Budyo shahridan qayiq orqali yetib olish mumkin bo‘ladi.

«Svart Hotel» nomini olgan loyiha «qayta tiklanuvchi energiya» prinsipi asosida quriladi. Rejaga ko‘ra, mazkur mehmonxona uchun ketadigan energiya zamonaviy standart mehmonxonalarnikidan 85 foizga kam bo‘ladi. Mehmonxonaga o‘rnatilgan quyosh panellari ehtiyojdan ko‘proq energiya ishlab chiqarishga qodir.

Bino korpusini V-simon yog‘och to‘sinlar ko‘tarib turadi. Mehmonxonaning asosiy qismi ham yog‘ochdan ishlanadi. Issiq kunlarda tashif buyuruvchilar «halqa» ko‘rinishidagi platforma ichida sayr qilishlari mumkin, qishda esa bu yerda qayiqlar saqlanadi. Loyihani 2021-yilga qadar yakunlash rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring