Suvga xavfsiz sho‘ng‘ish formulasi yaratildi
Kornel universiteti olimlari suvga xavfsiz sho‘ng‘ish formulasini ishlab chiqishdi.
Qanday sho‘ng‘ish kerak? Kalla tashlash, qo‘lni oldinga cho‘zib yoki oyoq bilan sakrash — qaysi biri xavfsizroq? Olimlar buning tagiga yetish uchun matematik model yaratishdi.
Demak, tadqiqotga ko‘ra, orqa miya va bo‘yin jarohatlari aksariyat hollarda havaskorlar 8 metrdan balandroqdan suvga kalla tashlashganida yuz beradi.
Yelka suyagi jarohatini orttirish ehtimoli esa taxminan 12 metr balandlikdan qo‘lni oldinga cho‘zib suvga sakraganda eng ko‘p kuzatiladi.
15 metrdan ko‘proq balandlikdan suvga oyoq bilan sakraganda tizzadan jarohat olish ehtimoli yuqori.
Bular har bir usulni tanlovchilar uchun qaysidir ma’noda chegaralar.
Umuman olganda, balandlikdan suvga sho‘ng‘ishning nisbatan eng xavfsiz usuli oyoq bilan sakrash ekanini olimlar yana bir bor tasdiqlashdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter