Suvchilar maktabida ikkinchi mavsum boshlandi
«Agrobank» homiyligida tashkil etilgan va davomli loyihaga aylangan «Suvchilar maktabi»ning ikkinchi bosqichiga ham start berildi.
Prezident huzuridagi «Suv xo‘jaligi sohasini isloh qilish» masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida «Suvchilar maktabi» tashkil etish bo‘yicha topshiriq berilgan edi.
Amalga oshirilgan bu loyihaning 1-mavsumi yakunlanib, ikkinchi bosqich ham start oldi. Suv xo‘jaligi vazirligi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti, milliy tadqiqot universiteti hamda Agrobank hamkorligida tashkil etilgan bu loyiha qishloq xo‘jaligi va sug‘orish tizimlari bilan bog‘liq bo‘lgan kadrlarga kerakli bilimlarni berish, suvdan foydalanish madaniyatini shakllantirish maqsadida tashkil etildi.
Loyihada suvchilar, fermer xo‘jaligi boshliq va ishchi xodimlariga kerakli bilimlar berilib, zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda suvni tejash, unga qayta tiklanmaydigan resurs sifatida qarash va e’tiborli bo‘lish bo‘yicha tushuncha shakllantirish maqsad qilingan.
Bu o‘quv kurslari bilan bog‘liq xarajatlar Agrobank tomonidan moliyalashtiriladi va hududlar uchun mikroavtobuslar ajratiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter