Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suvayshni to‘sib qo‘ygan kemaga 900 million dollar to‘lash majburiyati yuklandi

Suvayshni to‘sib qo‘ygan kemaga 900 million dollar to‘lash majburiyati yuklandi

Foto:«TASS»

Mart oyida Suvaysh kanalida tiqilib, olti kun davomida boshqa kemalar harakatini to‘sib qo‘ygan «Ever Given» kemasi uning egasi (Yaponiyaning Shoei Kisen Kaisha Ltd.) kanal ma’muriyatiga 900 million dollar jarima to‘laguniga qadar ushlab turiladi. Bu haqda «Rossiyskaya gazeta» nashri Misr OAViga asoslanib xabar bermoqda.

Mazkur hukm Ismoiliya shahar sudining qarori bilan chiqarilgan.

Taqdim etilgan to‘lov tarkibiga konteyner kemasini quruqlikdan olib chiqish operatsiyalari, shu jumladan tubini chuqurlashtirish ishlari va asbob-uskunalar, ishchi kuchi xarajatlari, shuningdek «dengiz yo‘lining buzilishi», yo‘qotishlar uchun tovon puli kiritilgan.

Deyarli bir hafta yuk tashish xizmati ishlamay qolganligi sababli Suvaysh kanali ma’muriyati kuniga 15 million dollardan yo‘qotganini da’vo qilmoqda.

Bundan tashqari, tirbandlik butun dunyo kemalari uchun zarba bo‘lgan. Singapur va Rotterdam portlarida jadvaldagi uzilishlar sababli dengizdagi «tirbandliklar» hanuzgacha davom etmoqda.

Avvalroq, mutaxassislar Suvaysh kanalining bir kun ishlamasligi jahon iqtisodiga 9 mlrd. dollardan zarar bo‘lishini ma’lum qilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring