Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suvaysh kanalini to‘sib qo‘ygan kema Niderlandiyada qo‘shimcha daromad manbaiga aylandi

Suvaysh kanalini to‘sib qo‘ygan kema Niderlandiyada qo‘shimcha daromad manbaiga aylandi

Foto: «The City»

Misrdagi Suvaysh kanalini mart oyida bir hafta to‘sib qo‘yib, butun dunyoga nomi tarqagan «Ever Given» kemasi nihoyat bir necha kun avval Rotterdam (Niderlandiya) portiga yetib keldi.

Bahaybat kemani o‘z ko‘zi bilan yaqindan ko‘rishni istovchilar ham bu yerga kelishni boshlashdi. Ular uchun ekskursiyalar tashkil etilmoqda, xabar bermoqda «Rossiya 24».

11 yevro to‘lab kemani sayyohlik paromida aylanib chiqish mumkin. Ekskursiya 1,5 soat davom etadi. Kemaning o‘ziga chiqish mumkin emas, koronavirus cheklovlari yo‘l qo‘ymaydi. Yangi biznes xaridorlarini topdi — dam olish kunlari uchun chiqarilgan hamma chiptalar sotib bo‘lingan, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring