Suvaysh kanali 2021 yilda rekord darajada daromad oldi
Misrdagi Suvaysh kanali 2021-yilda 6,3 mlrd. dollar daromad oldi. Bu — kanalning butun tarixi davomidagi eng yuqori daromaddir, yozmoqda «Ahram Online».
Olingan daromad 2020-yilga solishtirilganda 12,3 foiz yoki 0,7 mlrd. dollar ko‘proqdir.
2021-yilda kanal orqali 1,27 milliard tonna yuk tashildi. Har har ikki yo‘nalish bo‘ylab jami 20 694 ta kema suzib o‘tdi, bu 2020-yilgiga qaraganda 10 foiz ko‘p.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning mart oyida kanalda tiqilib qolib, olti kun davomida boshqa kemalar harakatini to‘sib qo‘ygan «Ever Given» kemasi egasidan (Yaponiyaning Shoei Kisen Kaisha Ltd.) kanal ma’muriyati 900 million dollar jarima to‘lashni talab qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter