Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suv va salqin ichimliklarni raqamli markirovkalash bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi

Suv va salqin ichimliklarni raqamli markirovkalash bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 30 mart kuni «Hilton Tashkent City» mehmonxonasida «Asl Belgisi» mahsulotlarni markirovkalash va kuzatish milliy axborot tizimining operatori «CRPT TURON» MChJ tashabbusi bilan «O‘zbekiston Respublikasida suv va salqin ichimliklarni raqamli markirovkalash» mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Davlat soliq qo‘mitasi, shisha suv va ichimliklar ishlab chiqaruvchi yetakchi tashkilotlar, markirovkalash bo‘yicha yechimlarni taqdim etuvchi integrator tashkilotlar, matbuot xodimlari, shuningdek, raqamli markirovkalash bo‘yicha operator «CRPT TURON» MChJ xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad -ishlab chiqaruvchi korxonalarga 2023 yil 1 iyuldan suv va alkogolsiz ichimliklarni majburiy markirovkalashni boshlashga tayyorgarlik ko‘rish, raqamli markirovkalash qoidalari haqida gapirish, texnik yechimlarni joriy etish va kelgusida chora tadbirlar bo‘yicha tavsiyalar berishdan iborat.

Tadbir doirasida seminar ishtirokchilarining taqdimotlari, yig‘ilgan masalalar muhokamasi, V2V formatidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan shishali suv va alkogolsiz ichimliklarni majburiy markirovkalash tartibi tasdiqlandi. Markirovkalash talabi ham mahalliy ishlab chiqaruvchilar, ham import qiluvchilar uchun kuchga kiradi, xususan:

birinchi guruh uchun (gazlangan yoki gazlanmagan suv, ichimliklar, shuningdek fermentlanmagan shirin meva va sabzavot sharbatlari, uzumdan tashqari) – 2023 yil 1 iyuldan;

ikkinchi guruh uchun (metall idishlardagi suv va ichimliklar) – 2024 yil 1 avgustdan.

Ichimlik ishlab chiqaruvchilari jarayon boshlanishidan kamida uch oy oldin kerakli markirovkalash uskunalarini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzishlari kerak.

CRPT TURON tizim operatori O‘zbekiston hududida ishlab chiqariladigan 0,5 litrgacha bo‘lgan idishlardagi gazlanmagan suv uchun markirovkalash kodlarini bepul taqdim etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring