Suv omborlari foydalanishga berilmaydi
Yirik va alohida muhim suv xo‘jaligi ob’yektlari foydalanishga berilmaydi. «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi Qonun imzolandi.
Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, suv iste’molchilari uyushmalari o‘z a’zolarining yillik badallari, shartnoma asosida suv yetkazib berganlik va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Uyushmalar suvdan foydalanish qoidalari buzilganida, limitdan ko‘p suv olinganida, to‘lovlar vaqtida to‘lanmaganida iste’molchilarga suv yetkazishni to‘xtatishga haqli.
Suv omborlari, sel-suv omborlari, yirik va alohida muhim suv xo‘jaligi ob’yektlari foydalanishga berilmasligi belgilandi. Ilgari ushbu tartiblar qonunda nazarda tutilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter