Sutli qahva oddiysiga qaraganda foydaliroq — olimlar xulosasi
Yevroplika molekulyar biologlar shuni aniqladilarki, qahva sut bilan iste’mol qilinsa, organizmga ko‘proq foyda keltiradi.
Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, sut oqsillari kofe donalaridagi antioksidantlarning ta’sirini kuchaytiradi, deb yozadi Journal of Agricultural and Food Chemistry jurnali.
Kopengagen universiteti olimlari qahva tarkibidagi antioksidantlar organizmga qanday ta’sir qilishini tahlil qilishdi.
Tajribalarda ham sof kislotalar, ham turli aminokislotalar va oqsillar, birikmalardan foydalanilgan. Kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, antioksidantlar sistein aminokislota molekulasi bilan birgalikda hujayralarga eng samarali ta’sir qiladi. Shunday qilib, ular yallig‘lanish belgilarini uch baravar kamaytirdi va tug‘ma immunitetga yaxshi ta’sir qiladigan genlarning faolligini oshirdi.
Sisteinga boy oqsillar sut va sut mahsulotlarida mavjud. Olimlar shu tariqa sutli qahva qora qahvaga qaraganda foydaliroq degan xulosaga kelishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter