Surxondaryoning har bir tumanida 9-12 qavatli uylar quriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Jarqo‘rg‘on tumanida «Surxonsementinvest» salohiyati bilan tanishgani haqida xabar berilgandi.
Shu yerda viloyatda sanoat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ichimlik va oqova suv tizimlarini yaxshilash, qurilish materiallari ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirishga qaratilgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.
Unda Prezident tomonidan viloyatning har bir tumanida 9-12 qavatli uylar qurish, Denov tumani iqtisodiyotini rivojlantirish, tumanda erkin iqtisodiy zona tashkil etish, viloyat eksport salohiyatini oshirish, ko‘proq investitsiyalar jalb qilish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter