Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda sportchiga hujum uyushtirildi

Surxondaryoda sportchiga hujum uyushtirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryoda sportchiga xujum uyushtirilganligi haqida videoxabar tarqalgan.

Videoda ko‘rsatilgan holat yuzasidan joriy yil 29-may kuni Denov tumani IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Hayot Shamsutdinov xabar bergan.

Tergov davomida 7 nafar shaxs ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, barchasiga «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tergov harakatlari 23-avgust kuni tamomlangan.   

Hozirda jinoyat ishi sudga yuborish arafasida turibdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 17-avgust kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida sport ustasi Elbek Rahimov o‘ldirib ketilganligi haqida xabar berilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring