Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda qo‘lga olingan shaxsga hukm o‘qildi

Surxondaryoda qo‘lga olingan shaxsga hukm o‘qildi

Foto: Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida «Hizb ut-tahrir» a’zosi 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2022 yil mart oyida huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan amalga oshirilgan tezkor tadbirlar natijasida O‘zbekiston hududida faoliyati taqiqlangan «Hizb ut-tahrir» diniy-ekstremistik tashkiloti tarafdori — 1981 yilda tug‘ilgan Alimov Botir Xurramovich ushlangan.

Tergov jarayonida ma’lum bo‘lishicha, Alimov Facebook va «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmoqlarida «Oxirat hisobi» nomli profili orqali ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilib, virtual do‘stlariga «Hizb ut-tahrir»ning audio-videomateriallarini tarqatib kelgan.

Uning jinoiy harakatlari ayni paytda Polshada yashirinib kelayotgan, xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxslar tomonidan boshqarilgan.

Iyul oyida ish jinoyat ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyat sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, u 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring