Surxondaryoda narkotik kontrabandasi aniqlandi

DXXning Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari Denov tumani tibbiyot birlashmasida haydovchi bo‘lib ishlovchi shaxsni 3 kg. 857 gr. “opiy” moddasi bilan qo‘lga oldi.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida giyohvand moddani mazkur shaxsning Tojikistondagi jinoiy aloqalari kontrabanda yo‘li bilan o‘tkazib berganliklari ma’lum bo‘ldi.
DXXning Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlarining viloyat bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda Chust tumanida o‘tkazgan tezkor tadbirida ham katta miqdordagi giyohvand moddalar savdosiga chek qo‘yildi.
Xususan, tezkor tadbir davomida Uychi tumanida yashovchi shaxs va uning farg‘onalik jinoiy sherigi tomonidan Qirg‘izistondan olib kelingan 6 kg. 813 gr “gashish” moddasi protsessual tarzda rasmiylashtirib olindi.
DXX xodimlari tomonidan Andijon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qirg‘izistonning O‘sh viloyati Qorasuu tumanida yashovchi qirg‘iz fuqarosi va uning rossiyalik jinoiy sherigi ushlanib, ulardan 1 kg. 413 gr. “gashish” moddasi tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.
Qo‘qon shahrida yashovchi fuqaro noqonuniy yo‘llar bilan boylik orttirish maqsadida Qirg‘izistonning Botken viloyati Qizilqiya shahriga borib, Azamat ismli shaxs bilan uchrashadi va unga 1 kg “gashish” moddasini Farg‘ona shahriga yetkazib berish sharti bilan 2 ming dollar berib, yashash manziliga qaytib keladi.
Oradan ma’lum muddat o‘tib, u Farg‘ona shahridagi “Farg‘ona - Qo‘qon” yo‘nalishida qatnovchi avtomashinalar turargohida giyohvand moddani qabul qilib olib, Qo‘qon shahri tomon yo‘l olganida DXX xodimlari tomonidan ushlandi.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, undan protsessual tartibda olingan “gashish” moddasining sof og‘irligi 911 grammni tashkil etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter