Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda haydovchilardan 1 milliard 200 million so‘mdan ziyod jarima undirildi

Surxondaryoda haydovchilardan 1 milliard 200 million so‘mdan ziyod jarima undirildi

Foto:«Xabar.uz»

Surxondaryo viloyatida Majburiy ijro byurosining viloyat boshqarmasi, viloyat IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi hamda viloyat davlat soliq boshqarmasi hamkorligida qarzdor haydovchilarni aniqlab, mavjud qarzdorlikni undirishga yo‘naltirilgan maxsus reyd o‘tkazilmoqda, deb yozmoqda «O‘zA».

Termiz shahrida tashkil etilgan tadbirda «AUTOCON» maxsus apparati yordamida yo‘l harakati qoidalarini buzib, belgilangan jarimalarni muddatida to‘lamagan 80 dan ortiq haydovchi aniqlanib, joyida qarzdorlikni undirish chorasi ko‘rildi.

Qarzini to‘lash imkoniyati bo‘lmagan haydovchilarning transport vositasi vaqtinchalik jarima maydonchasiga qo‘yildi.

– Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 291-moddasiga muvofiq 60 kun muddatda jarimalarni to‘lamaslik transport vositasini jarima to‘lagunga qadar jarima maydoniga qo‘yishga asos bo‘ladi, – deydi Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyat boshqarmasi katta inspektori Qobiljon Tursunov. – Joriy yilning o‘tgan davrida boshqarma va bo‘limlar ish yurituviga avtotransport vositalarini boshqarish bilan bog‘liq 15 ming 700 dan ortiq ma’muriy jarimalarni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushdi.

Hozirgacha 13 mingdan ortiq qoidabuzar haydovchidan 1 milliard 200 million so‘mdan ziyod jarima mablag‘i undirildi.

Viloyatda qo‘shma reyd davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring