Surxondaryoda yer qimirlashi haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi

Surxondaryoda aholi o‘rtasida yer qimirlashi, zilzila sodir bo‘lishi haqida xabarlar tarqalgan. Holat bo‘yicha viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lumot berdi.
«Hurmatli fuqarolarimizdan hech qanday vahimaga berilmasliklarini so‘ragan holda, viloyat hududida seysmik xodisalar, yer qimirlashi yoki zilzila sodir bo‘lishi haqida tarqalgan xabarlar mutlaqo asossiz va yolg‘on xabar ekanligini ma’lum qilamiz», deyiladi Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabarida.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Tojikistonda bir necha bor zilzila qayd etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter