Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda er ayoli va qaynonasi joniga qasd qildi

Surxondaryoda er ayoli va qaynonasi joniga qasd qildi

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani Yakkabog‘ mahallasining xonadonlaridan birida 2022-yilning 6-aprel kuni qotillik sodir etilgani, gumondor shaxs Moskva viloyatining Domodedovo aeroportida qo‘lga olingani xabar qilingandi.

Viloyat IIB axborot xizmati hodisa tafsilotlarini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Sariosiyo tumani Toqchiyon mahallasida ro‘yxatda turgan, ammo Toshkent viloyati Angren shahrida yashovchi S.N. Rossiya davlatiga ishlashga ketib, turmush o‘rtog‘i Z.M. unga xiyonat qilib kelganligini bilib, shu yili yanvar oyida qaytib keladi.

Kelishi bilan voyaga yetmagan 3 nafar farzandini o‘zi bilan olib qolib, turmush o‘rtog‘ini u bilan ajrashish maqsadida, uydan chiqarib yuboradi. Shundan so‘ng, er-xotin o‘rtasida farzandlar kimda qolish-qolmasligi ustidan tortishuv boshlanadi.

Erkak ayoli Z.M.ga o‘g‘li A.ni ko‘rsatish uchun olib borishini, u bilan yarashmoqchi ekanligini aytib, o‘zining avtomashinasida Z.M.ning onasi X.X. bilan yashab kelayotgan yashash uyiga boradi.

Shundan so‘ng, o‘g‘lini qaynonasi X.X. va turmush o‘rtog‘i Z.M. bilan uchrashtiradi. Keyin, o‘g‘li A.ni avtomashina ichiga qo‘yib, qaynonasi va xotinini uxlashini kutib, o‘ziga qulay vaqt paydo bo‘lganidan so‘ng, yashash uyiga kiradi va ayvonda uxlab yotgan qaynonasi X.X.ni va Z.M.ni bo‘yin qismiga o‘tkir kesib-sanchuvchi jism bilan tan jarohati yetkazadi. Ular ko‘p qon yo‘qotish natijasida voqea joyida vafot etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring