Surxondaryoda «Cobalt» va «Damas» to‘qnashuvida ikki kishi vafot etdi

Surxondaryo viloyati Bandixon tumanida «Cobalt» va «Damas» avtomashinalari o‘rtasida sodir bo‘lgan to‘qnashuv oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, bir fuqaro shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda «Markaziy studiya» ko‘rsatuvida aytildi.
Xabarga ko‘ra, voqea Bandixon tumani Obikor mahallasi hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.
1993-yilda tug‘ilgan «Cobalt» avtomashnasi haydovchisi Toshkent–Denov yo‘nalishida harakatlanayotib, yo‘lning xavfli burilish qismida o‘zidan oldinda harakatlanayotgan mashinani quvib o‘tishga uringan. Shu vaqtda qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, 1995-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi «Damas» rusumli mashina bilan to‘qnashib ketgan. Oqibatda 2 nafar fuqaro vafot etib, bir nafari shifoxonaga yotqizilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter