Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda 66 yoshli shaxs «killer» yollamoqchi bo‘ldi

Surxondaryoda 66 yoshli shaxs «killer» yollamoqchi bo‘ldi

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida yashovchi 66 yoshli M.A o‘z qarindoshini o‘ldirish uchun termizlik A.B.ga murojaat qiladi va unga 50 million so‘m va’da qiladi.

Joriy yilning 24-iyul kuni DXX Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat IIB hamda viloyat prokuratura tezkor xodimlari hamkorligida Denov tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda M.A. oldindan kelishilgan puldan 1,8 million so‘mni «killer»ga berayotgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olingan. 

Hozirgi vaqtda o‘z hayotini detektiv kinolarga aylantirmoqchi bo‘lgan M.A.ga nisbatan jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring