Surxondaryo viloyatiga hokim tayinlandi
2022 yil dekabr oyidan Surxondaryo viloyatining hokimi vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlab kelgan Ulug‘bek Qosimov viloyat hokimi lavozimiga tayinlandi.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Termiz shahrida xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashi sessiyasi bo‘lib o‘tayotgani va unda prezident viloyat deputatlari va faollari bilan maslahatlashib, viloyat hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Qosimov Ulug‘bek Berdiqobilovich nomzodini Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga taklif etgani habar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter