Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryo viloyatidagi onlaynga o‘tkazilgan maktablar (ro‘yxat)

Surxondaryo viloyatidagi onlaynga o‘tkazilgan maktablar (ro‘yxat)

Foto: Xabar.uz

Ertaga, 23-yanvar kuni Surxondaryo viloyatidagi aksariyat maktablarda an’anaviy shaklda o‘quv mashg‘ulotlari boshlanadi. Ammo, issiqlik ta’minotida muammosi bor va boshqa sabablarga ko‘ra, quyidagi ayrim maktablarda o‘quv mashg‘ulotlari mavjud holat yaxshilanguniga qadar onlayn shaklda olib boriladi:

  • Angor tumanidagi «Nurli maskan» ko‘zi ojizlar maktabi;
  • Denov tumanidagi 1, 3, 4, 5, 7, 8, 9, 10, 15, 16, 24, 28, 31, 34, 35, 44, 50, 53, 55, 56, 57, 58, 59, 60, 61, 62, 63, 65, 71, 73, 74, 75, 76, 77, 78, 79, 80, 81, 82, 83, 84, 85, 94, 97, 98-sonli maktablar, 2, 10, 11-IDUMlar va 67-SIMI;
  • Jarqo‘rg‘on tumanidagi 32-sonli maktab;
  • Uzun tumanidagi 2, 4, 5, 12, 27, 28, 31, 36, 63, 64-sonli maktab va 61-IDUM;
  • Sho‘rchi tumanidagi 125-sonli maxsus maktab;
  • Termiz shahridagi 12, 17-sonli maktablar.

Xabarga ko‘ra, holat yaxshilanishi bilan ushbu maktablarda ham dars mashg‘ulotlari an’anaviyga o‘tkaziladi. Bu bo‘yicha qo‘shimcha xabar beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring