Surxondaryo hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Bugun, 3-dekabr kuni Surxondaryo viloyati hokimligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Mamanov Fayzulla Bo‘riyevich Surxondaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangani ma’lum qilindi.
F.Mamanov 1977-yilning 21-oktyabrida Qiziriq tumanida tug‘ilgan. 1999-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti, 2004-yilda Toshkent moliya instituti, 2010-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi – muhandis, iqtisodchi.
U 2000-2005-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi, 2005-2008-yillarda O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi ijroiya qo‘mitasi apparati, 2008-2010-yillarda O‘zbekiston Fermer xo‘jaliklari uyushmasi, 2010-2013-yillarda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, 2013-2019-yillarda Savdo-sanoat palatasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasida mas’ul lavozimlarda ishlagan.
F.Mamanov 2019-yilning yanvaridan beri Toshkent viloyati, Toshkent tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Eslatib etamiz, Surxondaryo viloyati hokimining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan Pardayev Rustam Ubodullayevich joriy yilning noyabr oyida Denov tumani hokimi etib tayinlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter