Suriyaga bir sutkada 1400 dan ortiq qochoq qaytib keldi
Suriya hududiga xorijiy mamlakatlardan bir sutkada 1400 dan ziyod qochoq qaytib keldi, deya xabar bermoqda «RIA Novosti».
«O‘tgan sutkada Suriya Arab respublikasiga xorijiy davlatlar hududidan 1428 nafar qochoq qaytdi. Xususan, Livandan «Jeydet-Yabus» va «Tell-Kalax» o‘tish punktlari orqali 871 kishi (261 nafar ayol, 444 nafar yosh bola), Iordaniyadan «Nasib» punkti orqali 557 kishi (167 nafar ayol, 284 nafar yosh bola) o‘tdi», -deyiladi qochoqlarni qabul qilish, ajratish va joylashtirish markazi xabarida.
O‘z doimiy yashash joyiga 262 kishi qaytgan.
Ma’lum qilinishicha, Suriya qurolli kuchlari muhandislik bo‘linmasi yana 10 gektar hududni, 9 ta bino va Xomk, Damashq, El-Kuneytra va Deria provinsiyalarida 2 km yo‘lni minadan halos etgan. Shuningdek, mutaxassislar 81 ta portlash xavfi bo‘lgan buyumni aniqlashgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter