Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suriyada Asad tarafdorlari va yangi hukumat o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar boshlandi

Suriyada Asad tarafdorlari va yangi hukumat o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar boshlandi

Suriyada Asad tarafdorlari va mamlakatning yangi hukumat xavfsizlik xizmatlari o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlandi.

Suriyaning yangi hukumati xavfsizlik kuchlarining kamida 13 nafar xodimi jangarilar va sobiq prezident Bashar al-Assad tarafdorlari bilan to‘qnashuvlarda halok bo‘ldi.

Reuters agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra, qurolli to‘qnashuvlar Suriya g‘arbidagi Jabla shahrida yuz bergan. Agentlikning qayd etishicha, u yerda Asad va uning oilasi mansub bo‘lgan alaviylar yashaydi.

«Suriya xavfsizlik kuchlari 6 mart kuni mamlakat g‘arbida Asadning sobiq maxsus kuchlari qo‘mondoni Suhayl al-Hassanga aloqador qurolli guruhlarga qarshi kurashayotganini ma’lum qilgan edi», – deb xabar beradi Sky News Arabia.

Latakiya viloyati jamoat xavfsizligi direktori Mustafo Knefatining aytishicha, «Asad militsiyasining qoldiqlari» Jabla hududidagi xavfsizlik nazorat punktlari va patrullarga oldindan rejalashtirib hujumlar uyushtirgan. «Bu esa ko‘plab askarlarning o‘limiga va jarohatlanishiga olib keldi», deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi SANA (Suriya davlat axborot agentligi).

Reuters agentligining qayd etishicha, hozirgi to‘qnashuvlar Suriyaning yangi hukumati hokimiyatga kelganidan beri duch kelgan «eng jiddiy vaziyatlardan biridir».

2024 yil dekabr oyi boshida Suriya prezidenti Bashar al-Asad hukumat kuchlariga qarshi bo‘lgan guruh harbiylari Damashqqa kirib, mamlakatda hokimiyatni qo‘lga olgan edi. Asadning o‘zi qochib, unga boshpana bergan Moskvadan panoh topgan. Asadga qarshi chiqqan kuchlarga «Hayat Tahrir ash-Sham» guruhi boshchilik qilgan. Guruh rahbari Ahmad al-Shara Suriyaning o‘tish davri prezidenti deb e’lon qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring