Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suriya Arab davlatlari ligasi a’zoligiga qaytdi

Suriya Arab davlatlari ligasi a’zoligiga qaytdi

Arab davlatlari ligasiga a’zo mamlakatlar tashqi ishlar vazirlari kengashi qo‘shma bayonot qabul qildi.

Unga ko‘ra, Suriya 7-may, yakshanba kunidan boshlab Liga ishidagi ishtirokini tiklagan. 

Avvalroq Iroq Tashqi ishlar vazirligi Arab davlatlari ligasi kengashi Suriyani tashkilotga qaytarishga qaror qilganini ma’lum qilgandi. Suriyaning Arab Ligasidagi a’zoligi 2011-yilda Suriyada fuqarolar urushi boshlanganidan keyin to‘xtatilgandi.

«Arab tashqi ishlar vazirlari kengashi Suriyaga Arab davlatlari ligasidagi o‘rnini qaytarishga qaror qildi», deydi Iroq Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahmad al-Sahaf.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring