Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surayyo Rahmonovani muhim lavozimga saylash bo‘yicha qaror qabul qilindi

Surayyo Rahmonovani muhim lavozimga saylash bo‘yicha qaror qabul qilindi

Senat yalpi majlisida Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) saylandi.

Oliy Majlis Senatining qirq oltinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakilini saylash to‘g‘risidagi masalasi ko‘rib chiqildi.

Senat tomonidan Rahmonova Surayyo Mahmudovnani O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili lavozimiga saylash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Eslatib o‘tamiz, S. Rahmonova uzoq yillar mobaynida yuridik oliy ta’lim tashkilotlarida, shuningdek, sud va prokuratura organlari tizimida samarali foliyat ko‘rsatib kelgan. 1-darajali adliya maslahatchisi, yuridik fanlar doktori, professor.

Avvalroq  Parlamentning Quyi palatasi Surayyo Rahmonovani ushbu lavozimga saylab, qarorni Oliy Majlisning Senatiga yuborgandi.

Bunga qadar ushbu lavozimda ishlab kelgan Aliya Yunusova ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida «mavjud vaziyat» sabab o‘z istagi bilan ishdan ketayotganini ma’lum qilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring