Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Supervazirlik»dan bo‘shagan o‘rinbosarlarga hokimlik topshirilishi mumkin

«Supervazirlik»dan bo‘shagan o‘rinbosarlarga hokimlik topshirilishi mumkin

Bir muddat avval Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosarlari Erkin Rustamov va Dilshod Sultanovning boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan, lavozimidan ozod etilgani haqida xabar berilgan edi.

Ayrim manbalar ikki o‘rinbosarning Toshkent viloyati tumanlariga hokim etib tayinlanishi haqida yozmoqda.

Shu jumladan, bugun Toshkent viloyatining Xalq deputatlari Bekobod, Yangiyo‘l va Zangiota tumanlari Kengashlarining navbatdagi sessiyalari bo‘lishi hamda unda tashkiliy masalalar ko‘rilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz,  joriy yil 2-avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida o‘tkazgan tanqidiy videselektor yig‘ilishida Qibray va Yangiyo‘l tumanlari hokimlarini lavozimidan olgan edi.

Shuningdek, mazkur yig‘ilishdan so‘ng Bekobod va Zangiota tumanlari hokimlari «o‘z arizasiga ko‘ra» ishdan olingani aytilgan edi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring