Supertayfun: Xitoyda bir milliondan ortiq kishi evakuatsiya qilindi
Xitoyda qariyb bir milliondan ortiq aholi mamlakat sharqiga bostirib kelgan «Lekima» supertayfuni tufayli evakuatsiya qilindi, deya xabar berdi 10-avgust kuni «Sinxua» axborot agentligi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, bu mazkur mavsumdagi to‘qqizinchi tayfun. U kecha kechqurun Chjeszyan provinsiyasidagi Venlin uyezdi qirg‘oqlarigacha yetib borgan va shamolning maksimal tezligi 52 m/s.ni tashkil etgan.
«Lekima» supertayfuni oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi, yana 16 kishi bedarak yo‘qoldi, deb xabar qildi Xitoy markaziy televideniyesi.
Xitoy Markaziy meteorologiya xizmati juma kuni ertalab supertayfun yaqinlashib kelayotganini ma’lum qilgandi.
Hozircha eng ko‘p talafot Chjeszyan provinsiyasida qayd etilmoqda.
Ushbu hududda qariyb 3 million kishi zarar ko‘rgan, 750 ming kishi boshqa joyga ko‘chirilgan. Tabiiy ofat 200 dan ortiq binoni vayron qilgan, yana 3 200 tasi turli darajada zarar ko‘rgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter