Suiqasdga uchragan bosh vazirning holati yaxshilanmoqda
Slovakiyaning suiqasdga uchragan bosh vaziri Robert Fitsoning holati yaxshilanmoqda. Bu haqda siyosatchini davolayotgan Banska-Bistritsa shahridagi Ruzvelt nomidagi shifoxona ma’lum qildi.
«Janob bosh vazirning salomatlik holati barqaror va sekin-asta yaxshilanmoqda. Bu jarayon davom etishiga ishonamiz», — shifoxonaning Facebook tarmog‘idagi akkauntida shunday xabar berildi.
Xuddi shunday mazmundagi xabarni uning o‘rinbosari hamda mudofaa vaziri Robert Kalinyak ham yozdi. Aytilishicha, endi siyosatchining hayoti xavf ostida emas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter