Sudanda yomg‘ir mavsumi qurbonlari soni 63 nafarga yetdi
Sudanda yomg‘ir mavsumidagi toshqinlar 14 mingdan ziyod uylar hamda hukumat binolarini butunlay vayronaga aylantirdi. Hammadan ko‘p poytaxt talafot ko‘rgan. Bu haqda «Korrespondent» xabar berdi.
Eng ayanchlisi, yomg‘ir oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari kamida 63 kishining umriga zomin bo‘lgan. Bu haqda mamlakat Fuqaro mudofaasi milliy kengashi kunlik hisobotida ma’lum qildi.
Jami 14 118 ta uy-joy, hukumatga qarashli 119 ta bino yaroqsiz ahvolga kelgan. 16 240 ta uyga esa jiddiy shikast yetgan.
Bugun, 17-avgust kuni Sudan poytaxti Xartum shahriga Birlashgan arab amirliklaridan 24 tonnalik maxsus yuk (tibbiyot va oziq-ovqat mahsulotlari) ortilgan samolyot kelib qo‘ngan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter