Sud tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan harbiy sud, ayrim viloyat sudlariga raislar tayinlandi.
Sadriddin Bavabekovich Eshonqulov — sudyalik vakolati muddati davriga O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi lavozimiga;
Abduhalim Abduraimovich Ahmedov — sudyalik vakolati muddati davriga Buxoro viloyati ma’muriy sudining raisi lavozimiga;
To‘rabek Abdurovubovich Qodirqulov — sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Sirdaryo viloyati ma’muriy sudining raisi lavozimiga;
G‘olibjon Sayitjonovich Davlatov — sudyalik vakolati muddati davriga Qashqadaryo viloyati ma’muriy sudining raisi lavozimiga;
Alisher Abdurashidovich Abdurahmonov — sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Farg‘ona viloyat sudi raisining o‘rinbosari – iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter