Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yetti yil davom etgan sud sobiq qirolning nikohsiz tug‘ilgan qizi foydasiga tugadi

Yetti yil davom etgan sud sobiq qirolning nikohsiz tug‘ilgan qizi foydasiga tugadi

Foto: «Twitter»

Belgiya sobiq qiroli Albert II ning qizi, 52 yoshli rassom Delfina Boel sud orqali malika maqomini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Belgiyaning VRT nashri xabar berdi.

DNK-test Delfina Boel Albert II ning biologik qizi ekanini ko‘rsatgandi. Biologik otalikni tan olgan qirol ijtimoiy otalikka ro‘yxushlik bermagandi.

Sud Delfinaga «Qirolicha hazrati oliyalari» deya iltifot ko‘rsatilishi, qolaversa, otasining familiyasidan (Saksen-Koburg-Got)dan foydalanish huquqini berdi. Delfinaning farzandlari — Jozefina va Oskar ham malika va shahzoda maqomlariga ega bo‘lishdi.

Jurnalistlarga ko‘ra, Delfina endi sobiq qirol mulkining sakkizdan bir qismiga da’vo qilishi mumkin.


Delfina Boel bilan bog‘liq sud jarayoni 2013-yil iyunda, Albert II amaldagi davlat rahbari sifatida to‘liq immunitetdan foydalangan paytlarda boshlangan.


«Suddagi g‘alaba hech qachon ota-ona mehrining o‘rnini bosolmaydi, ammo adolat tantana qilishiga ishontiradi», — deya sud qarorini izohladi Delfinaning advokati.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring