Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sud oldida tumonat odam. «Bloger ishi» kassatsiya tartibida ko‘rilishi arafasida

Sud oldida tumonat odam. «Bloger ishi» kassatsiya tartibida ko‘rilishi arafasida

Foto: «Xabar.uz»

Sanoqli daqiqalardan so‘ng andijonlik bloger Otabek Nuritdinovning «ishi» viloyat ma’muriy sudida kassatsiya tartibida ko‘rib chiqiladi.

Ayni paytda Andijon viloyati ma’muriy sudi binosi oldida ommaviy axborot vositalari xodimlari, blogerlar va jamoatchilik vakillari sud majlisi boshlanishini sabrsizlik bilan kutishmoqda. Voqea joyida bo‘lib turgan «Xabar.uz» manbasining aytishicha, ular orasida xorijlik jurnalistlar ham bor.

Eslatib o‘tamiz, «Otabek Nuritdinov» nomi bilan tilga tushgan asakalik Abdufatto Nuritdinovga nisbatan 2019-yilning 30-dekabr kuni favqulodda tezkorlik bilan ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish qo‘zg‘atilib, o‘sha kunning o‘zida u 15 sutkaga «kesib» yuboriladi. «Nuritdinov ishi»ni Andijon viloyat ma’muriy sudining raisi M.Mirzamahmudov shaxsan ko‘rib chiqqanini yana bir karra eslatish foydadan xoli emas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring